Maktab tarixi

Maktabning yaratilishi haqidagi ma'lumotlar

                                                Maktab tarixi                               

1987 yilda Qarshi shahrining Kat mahallasi yaqinidagi tepaning yonida   yangi 25-maktabni foydalanishga topshirilgan. 1096 o’rinli maktab asosan  “Yangi turmush”, “F. Xo’jayev”, “8 mitti tuman” hamda “Paxtazor” mitti tumanda yashagan aholining farzandlaridan 900 dan ortiq o’quvchini o;ziga qamrab oladi. Dastlab 70%-80% rus tilida ‘qitilgan maktab sifatida tashkil etildi.. qisqa yillar ichida maktabning o’quvchilar soni 2500 taga, sinflar soni 87 taga ko’paydi. Maktabning dastlabki direktori Turdi Haydarov, bosh ilmiy mudir M. G’aniyeva, tarbiyaviy ishlar bo’yicha director o’rinbosari  N. Hamrayev . 1989-yilda maktabga urish veteran, olim, taniqli pedagog Qurbon O’ljaboyev nomi berildi. U kishining buyusti o’rnatildi. Maktab 33  yil davomida faoliyat ko’rsatmoqda.

1989-yilgacha maktabning yuqori sinf o’quvchilari iqtisoslik  ta’lim yunalishlari bo’yicha 11 yo’nalishli      iqtisosli ta’lim sifatida faoliyat ko’rsatdi . Maktabning dastlab sport yo’nalishi keyinchalik harbiy ta’lim bo’yicha viloyatning tayanch maktabiga aylanganligi  va Azizov rahbarligida “Shunqorlar” harbiy guruhi bir necha yillaridan buyon faxrli o’rinlar egallab kelganligi  fikrimiz dalilidir.

Ayni paytda maktabning o’nlab faxriy o’qituvchilari keksalik gashtini surmoqda. Bular Abdullayeva B., Ehmurodov T., Bo’riyev Y., Pardayeva , Mallayeva, Sultonov, O’ralova va boshqalar. Hozirgacha maktabni bitirgan o’quvchilardan  2000 ga yaqini xalq xo’jaligining turli tarmoqlarida ishlamoqda.

 Ayni paytda maktabda 986 nafar o’quvchi, 82 nafar o’qituvchi, 34 ta sinf faoliyat ko’rsatmoqda.